Toshkent shahri Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida 4 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 13 mart kuni soat 18:00 da Epica, 2 ta Cobalt va Matiz avtomashinalari ishtirokida ushbu hodisa ro‘y bergan.

йтҳ, тошкент

Oqibatda Epica va Matiz avtomashinalari haydovchi hamda yo‘lovchilari jarohat olgan.

Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.