O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi Qonunchilik palatasining «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida»gi qarorini ko‘rib chiqishga kirishdi, deya xabar qildi sud matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 10 mart kuni parlament quyi palatasi Konstitutsiya to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri va u bo‘yicha 30 aprel kuni referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan edi.

13 mart kuni Qonunchilik palatasining referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudning ochiq eshituvi o‘tkazilishi belgilandi.

«Gazeta.uz»ga Konstitutsiyaviy sud matbuot xizmatining xabar berishicha, Qonunchilik palatasi (subyekt) faqat qarorni ko‘rib chiqishni so‘ragani uchun sud Konstitutsiya to‘g‘risidagi qonunni emas, faqat referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni ko‘rib chiqadi.

Shu bilan birga, 6 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev deputatlar va senatorlar, shuningdek, Oliy sud rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mazkur qonun loyihasi Konstitutsiyaviy sud tomonidan alohida ko‘rib chiqilishini va u o‘z qarorini berishi haqida ma’lum qilgan edi.

«Gazeta.uz» parlament Quyi palatasiga ushbu masala yuzasidan so‘rov yubordi