Toshkent shahrida 1 mart kuni «Yashil makon» umummilliy loyihasining bahorgi mavsumiga start berildi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan shahar hokimligi, vazirlikning shahar boshqarmasi, Ekologik partiya hamkorligida tadbir tashkil etildi. Unda vazir Aziz Abduhakimov ham ishtirok etdi.

«yashil makon», тошкент, экология, табиат resurslari vazirligi

Bahorgi mavsumda loyiha doirasidagi ishlarni davom ettirish, manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini, butalarni ekish maqsad qilingan.

Prezident raisligida 8 fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 2023 yilda Toshkent shahrining yashillik darajasini 28 foizga yetkazish vazifasi qo‘yilgandi. Shu maqsadda 100 gektar maydonda yangi bog‘ tashkil qilinadi.

«yashil makon», тошкент, экология, табиат resurslari vazirligi

«Toshkent yashil belbog‘i» loyihasi boshlanib, bahor mavsumida 525 ming tup daraxt va buta, 20 million tup gul ko‘chati ekiladi.

«yashil makon», тошкент, экология, табиат resurslari vazirligi

Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahri boshqarmasining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, poytaxtda «Yashil makon» umummilliy loyihasi bahor mavsumida 625 ming dona manzarali, mevali va boshqa turdagi daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilangan.

«yashil makon», тошкент, экология, табиат resurslari vazirligi

Eslatib o‘tamiz, «Yashil makon» loyihasi 2021 yilda prezident tashabbusi bilan boshlangan. Bunda har yili 200 mln daraxt va buta ekish va shaharlardagi yashil maydonlar ko‘lamini oshirish maqsadi qo‘yilgan.