O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi statistik ma’lumotlarning boshqa davlatlar, jumladan, gaz eksporti va importi bo‘yicha tafovutlarga izoh berdi.

Agentlikning qayd etishicha, butunjahon tashqi savdo statistikasi mamlakatlar tomonidan umume’tirof etilgan standartlar va tavsiyalariga (bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish va hisobini yuritish va h.k.) tayangan holda yuritiladi.

Shu o‘rinda mamlakatlarning ichki tartib-tamoyillarining bir-biridan farq qilishi bois istalgan ikki yoki undan ortiq mamlakatning tashqi savdo bo‘yicha statistikasi solishtirilganda muayyan miqdor va hajmdagi tafovutlar kuzatiladi. Bu holatni tashqi savdo statistikasi bo‘yicha xalqaro darajada umumqabul qilingan asosiy axborot manbai — BMTning Somtrade veb-saytidan foydalanib, istalgan davlatlar solishtiruvida ko‘rish mumkin.

«Bu normal, tabiiy holat hisoblanadi. Ya’ni, yuritiladigan tashqi savdo hisobi tizimidagi farqlanishlar, tovarlar bojxona qiymatining baholash xususiyatlaridagi farqlanishlar (aniqrog‘i bojxona chegarasini kesib o‘tishi paytida bazis narxiga keltirilgan shartnomadagi tovarlar qiymati), eksport-importda turdosh mahsulotlarni „Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi“ kodlarini belgilashda yondashuvdagi farqlar, tovarlarni hisobga olish vaqtidagi farqlar va boshqa omillar bunga sabab bo‘ladi», — deyiladi xabarda.

Shundan kelib chiqib, misol uchun, bir davlatda kalendar belgi bo‘yicha, masalan, noyabr oyida shartli 10 kg mahsulot boshqa bir davlatga bojxona chegara postidan chiqib, hisobga olingan bo‘lsa, qabul qilib olayotgan davlat bu statistikani dekabr oyida ko‘rsatishi mumkin va hokazo.

Oylar
AQSh (eksport)
Meksika (import)
Farq
1
689 426 486,0
829 491 280,0
-140 064 794,0
2
720 245 288,0
851 822 596,0
-131 577 308,0
3
720 482 354,0
873 745 908,0
-153 263 554,0
4
981 586 573,0
990 508 768,0
-8 922 195,0
5
1 251 857 089,0
1 297 311 605,0
-45 454 516,0
6
1 308 363 134,0
1 498 064 212,0
-189 701 078,0
7
1 126 392 133,0
1 434 140 953,0
-307 748 820,0
8
1 347 665 704,0
1 479 262 005,0
-131 596 301,0
9
1 226 950 738,0
1 488 679 232,0
-261 728 494,0
10
794 318 835,0
1 149 085 430,0
-354 766 595,0
11


0,0



0,0
Jami
10 167 288 334,0
11 892 111 989,0
-1 724 823 655,0

Boliviya va Braziliya o‘rtasida

Oylar
Boliviya (eksport)
Braziliya (import)
Farq
1
492 158 426,0
437 765 400,0
54 393 026,0
2
472 114 170,0
491 946 300,0
-19 832 130,0
3
496 647 410,0
472 114 300,0
24 533 110,0
4
365 307 783,0
496 647 300,0
-131 339 517,0
5
342 875 210,0
365 307 670,0
-22 432 460,0
6
304 422 805,0
341 777 200,0
-37 354 395,0
7
374 367 800,0
1 091 157 920,0
-716 790 120,0
8
380 037 200,0
374 736 441,0
5 300 759,0
9
282 127 000,0
381 186 850,0
-99 059 850,0
10
0,0
283 272 120,0
-283 272 120,0
11
0,0
411 279 100,0
-411 279 100,0



0,0
Jami3 510 057 804,0
5 147 190 601,0
-1 637 132 797,0

Manba: Statistika agentligi / Comtrade.

Demak, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi tafovut kabi holatlar O‘zbekiston bilan Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida, O‘zbekiston bilan Polsha o‘rtasida yohud Qozog‘iston bilan Xitoy o‘rtasida, AQSh bilan Kanada o‘rtasida istalgan tovar bo‘yicha, qo‘yingki, qaysi bir davlatni boshqa bir mamlakat bilan solishtirib ko‘rmang, bu kabi holatlar kuzatiladi va bu yuqorida e’tirof etilganidek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy omil hisoblanadi.

«Shuning uchun, ma’lumotdan foydalanuvchiga bu kabi tafovutlarni ortiqcha shov-shuvlarga berilmasdan o‘z mamlakatining (chunki biror-bir mahsulotning o‘zining mamlakatidan chiqqan yoki mamlakatiga kirganligi faktligi hisobiga) rasmiy statistikasiga (statistika, bojxona idoralari yoki boshqa davlat organlari) tayanish taklif etiladi», — deyiladi xabarda.

«Gazeta.uz» avvalroq O‘zbekiston va Xitoyning gaz eksporti bo‘yicha ma’lumotlari 159,5 mln dollarga farq qilayotganini yozgan edi. Energetika vaziri Xitoy statistikada turkman gazining tranzitini hisobga olganini ma’lum qildi. «Gazeta.uz» hisoblab, hatto tranzitni qo‘shganda ham statistika keskin farq qilayotganini aniqladi.