18 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 19:07 va 19:18 da yangi milliy aviakompaniya — Centrum Air`ning ikkita samolyoti «Toshkent» xalqaro airoportiga kelib qo‘ndi, deya xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Vilnyusdan yetib kelgan samolyotlarni aviakompaniya rahbariyati, jurnalistlar va aviaspotterlar tantanali ravishda kutib oldi.

Ikkita Airbus A320−232 aviatashuvchining birinchi yo‘lovchi samolyoti bo‘ldi. Yaqin kelajakda aviatashuvchi yana bir yo‘lovchi borti — Boeing 737 ni sotib olishni rejalashtirmoqda.

centrum air, loukoster, xususiy aviakompaniya

Centrum Air o‘zini loukoster sifatida tanishtirgan bo‘lib, arzon ichki va tashqi tashuvlarni amalga oshirish hamda raqobatbardosh sifatga erishishni maqsad qilgan.

Aerospace Lad ma’lumotlariga ko‘ra, Centrum Air My Freighter xususiy yuk kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan.

So‘nggi ikki yil ichida O‘zbekistonda bir qancha xususiy aviakompaniyalar ochildi.