Anomal sovuq ob-havo tufayli 766/765-sonli «Toshkent — Buxoro — Toshkent» yo‘nalishidagi Afrosiyob tezyurar poyezdining 16, 17, 18, 19, 20 yanvardagi 5 ta reysi bekor qilindi. Bu haqda O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi matbuot xizmati xabar qildi.

Xarid qilingan chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railway.uz saytida qaytarish mumkin. Chipta 100% qiymatda qaytariladi.

Ushbu yo‘nalishdagi 13, 14, 15 yanvardagi reyslar ham anomal sovuq tufayli, «yo‘lovchi poyezdlar harakat havfsizligini ta’minlash va yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazish davomida noqulayliklar kelib chiqishining oldini olish» maqsadida bekor qilingan edi.