Dam olish kunlari — 14−15 yanvar sanasida sovuq ob-havo asta-sekin kuchsizlana boshlaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet markazi matbuot xizmati.

13 yanvar kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qatlamsimon bulutlardan ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunning ikkinchi yarimda −7…−12 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Shanba kuni havo harorati kechasi −12…−17 darajani, ba’zi joylarda -20 darajagachani, kunduzi −5…−10 darajani, ba’zi joylarda -12 darajagachani tashkil etadi.

Yakshanba kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kaspiy dengizidan nisbatan iliq havo kirib kelishi boshlanadi, u antitsiklonning sovuq periferiyasini ortga sura boshlaydi.

Yakshanba kuni havo biroz iliqlashadi, kechasi −12…−17 daraja, kunduzi −5…−10 daraja bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi. Buning hisobiga yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. O‘zgidromet ehtiyot bo‘lishni tavsiya qiladi.

13−16 yanvar kunlari qor ko‘chishi xavfi ortishi sababli tog‘li hududlarga borish tavsiya etilmaydi.