10 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston sudi sudlov hay’ati 1−2 iyul kunlari Nukusda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan 28 noyabrda boshlangan sud tergovini yakunladi. 11 yanvar, chorshanba kuni muzokaralar boshlanishi kutilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati.

Avval xabar berganimizdek, 19−23 dekabr kunlari 115 nafar guvoh, jumladan, Nukus voqealari bo‘yicha alohida jinoyat ishi bo‘yicha hibsda saqlanayotgan 39 nafar sudlanuvchi so‘roq qilingan. So‘ngra Yelubay Abibulayev raisligidagi sud yil oxirigacha yana 180 kishini so‘roq qildi: 26 dekabrda — 46 nafar, 27 dekabrda — 31 nafar, 28 dekabrda — 38 nafar, 29 dekabrda — 54 nafar va 30 dekabrda -11 nafar.

buхорода sud, нuкuс voqealari, қорақалпоғистон voqealari

So‘ngra 4 yanvargacha tanaffus e’lon qilindi. Shu kuni yana 17 nafar guvoh, 5 nafar jabrlanuvchi va 1 nafar fuqaroviy da’vogar, 5 yanvar kuni 38 nafar guvoh va 2 nafar fuqaroviy da’vogar so‘roq qilindi.

Juma kuni sudyalar hay’ati jinoyat ishiga kiritilgan va ashyoviy dalil sifatida e’tirof etilgan ommaviy namoyishlar chog‘ida olingan videoyozuvlarni o‘rganishga kirishdi.

Shanba kuni iyul voqealari paytida respublika ichki ishlar vaziri bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev guvohlik berdi. U jabrlanuvchi maqomida bo‘lib, suddan sudlanuvchilarning jazosini qonun doirasida yengillashtirishni so‘ragan.

Videodalil sifatida ko‘rsatilgan kadrlar. Manba: Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha Parlament komissiyasi.Videodalil sifatida ko‘rsatilgan kadrlar. Manba: Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha Parlament komissiyasi.

Ayblanuvchilardan birining advokati «Gazeta.uz»ga videomateriallar O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mutaxassislari tomonidan taqdim etilganini ma’lum qildi. Nukusdagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha parlament komissiyasi ko‘rsatilgan ba’zi lavhalarni e’lon qildi.

Ularda asosiy gumondor Dauletmurat Tajimuratovning 1 iyul kuni masjiddagi nutqidan parcha bor. Videoda u Jo‘qorg‘i Kenesdan 5 iyul kuni (bu haqda avval ham bir necha bor xabar berilgan edi)"Qoraqalpog‘iston ozodligi uchun" «qonuniy» va «tinch» miting o‘tkazishga ruxsat so‘rash niyatida ekanligini aytgan. Uni «qoraqalpoqlarga bosh» qilishlarini va xalq unga ergashishlarini so‘raydi. Nutq Qoraqalpog‘istonda internetning to‘xtatilishi va respublika aholisining Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlarni bekor qilish haqidagi chaqiriqlariga javoban hokimiyatning sukut saqlashi fonida bo‘lib o‘tdi.

Videomaterialdan lavha.Videomaterialdan lavha.

Tajimuratov dronlar «ommaviy tartibsizliklar» ishtirokchilarini tasvirga olish uchun ishlatilganini aytgan IIV xodimiga savol berdi. «Shuning uchun biz obzor ko‘rinishida emas, balki fuqarolar shaxsini aniqlash uchun yirik planda tasvirga oldik», — dedi u.

Advokat «Gazeta.uz»ga videomateriallar Jo‘qorg‘i Kengesning sobiq rahbari Murat Kamalov va Amanbay Orinbayev hamda Davletmurat Tajimuratov o‘tirgan Prado avtomobili rulida kim o‘tirganini aniqlashga imkon berganini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mashinani Ahmad ismli haydovchi boshqargan.

buхорода sud, нuкuс voqealari, қорақалпоғистон voqealari

Gumonlanuvchi Azamat Turdanov.
JKning sobiq rahbari Murat Kamalov sudda ko‘rsatma bermadi. Bu haqda Dauletmurat Tajimuratov suddan so‘ragan edi. Parlament komissiyasi a’zosi Gulnoz Mamarasulova ham suddagi nutqida buning muhimligi to‘g‘risida ma’lum qilgan edi.

9 yanvar kuni sud videoyozuvlarni o‘rganishni davom ettirdi va 1 nafar fuqaroviy da’vogar va 2 nafar guvohni so‘roq qildi, deya ma’lum qildi Oliy sud.

10 yanvar kuni jinoyat ishida mavjud yozma dalillar, ekspertlarning xulosalari va tergov harakatlari bayonnomalari taftish qilindi. Shunday qilib, sud tergovi yakunlandi.

Keyingi sud majlisi 11 yanvar kuni soat 14.30 ga tayinlangan bo‘lib, unda taraflarning muzokaralari eshitiladi.

buхорода sud, нuкuс voqealari, қорақалпоғистон voqealari

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, muzokaralarda prokurorlar, so‘ngra jabrlanuvchilar, fuqaroviy da’vogarlar yoki ularning vakillari, himoyachilar va sudlanuvchilar so‘zga chiqadi.