4 yanvar kuni Buxoro shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan o‘quv markazi yerto‘lasida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Soat taxminan 00:52 da sodir bo‘lgan voqea oqibatida yerto‘ladagi 3 dona eshik va rom joyidan siljigan, shuningdek, 70 kvadrat metr maydonda tom qismi plastik qoplamasi zararlangan. Binodan tashqaridagi yerto‘laning beton qoplamasi tushgan.

Portlash sababli jabrlangan va tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda holat sabablari aniqlanmoqda.