Yangi yilning birinchi sutkasida O‘zbekistonda 2155 nafar chaqaloq dunyoga keldi, deya xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

2023 yil 1 yanvar kuni dunyoga kelgan go‘daklarning 1056 nafari qiz 1099 nafari o‘g‘il bolalardir. Eng ko‘p chaqaloq Farg‘ona viloyatida (252 nafar) tug‘ildi. Shuningdek, keyingi o‘rinlarda:

  • Qashqadaryo viloyati — 230;
  • Namangan viloyati — 219;
  • Surxondaryo viloyati — 213;
  • Samarqand viloyati — 213;
  • Andijon viloyati — 187;
  • Toshkent viloyati — 170;
  • Toshkent shahri — 154;
  • Buxoro viloyati — 126;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 105;
  • Jizzax viloyati — 102;
  • Xorazm viloyati — 76;
  • Navoiy viloyati — 69;
  • Sirdaryo viloyati — 39 nafar.

Dunyoga kelgan ushbu bolalardan 20 nafarini ikki homilali egizaklar (jami 40 nafar chaqaloq) tashkil qildi.

2018 yil xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019 yilda 1708 nafar, 2020 yilda 1974 nafar, 2021 yilda 1644 nafar, 2022 yilda esa 2316 nafar chaqaloq tug‘ilgan edi.