Poytaxt aholisi 5−11 dekabr kunlari Geonom.tashkent.uz saytida Toshkent metropolitenining yer ustki qismidagi 19 ta yangi bekat uchun nomlar taklif qilishi mumkin bo‘ldi. Ko‘rsatilgan muddat ichida 458 fuqarodan 1943 ta taklif kelib tushgan (ularning barini saytda ko‘rish mumkin).

Servisni ishlab chiqqan Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti har bir bekat uchun aholi eng ko‘p taklif qilgan uchtadan nomni alohida saralab chiqdi. Mutaxassislar ham o‘z takliflarini o‘rtaga tashladi. Yuzaga kelgan ro‘yxat 13 dekabr kuni O‘zbekiston Transport vazirligi tomonidan shakllantirilgan ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqildi. Tasdiqdan so‘ng, har bir bekat bo‘yicha nom variantlari jamoatchilik o‘rtasida ovozga qo‘yiladi.

Uchrashuvda Transport vazirligining Temiryo‘l transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Otabek Erkaboyev, Fanlar akademiyasi (FA) Tarix instituti yetakchi ilmiy xodimi Muxtor Shamsiyev, FA Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi Omonulla Bo‘riyev, Raqamli rivojlanish departamenti Toponimika bo‘limi boshlig‘i Anvar Jabborov, departament toponimisti Gulnoz Gapparova va boshqalar qatnashdi. Yig‘ilishda qatnashgan «Gazeta.uz» muxbiri Sabina Bakayeva tadbir qanday o‘tganini hikoya qiladi.

Qo‘yliq yo‘nalishidagi «Do‘stlik-2», shuningdek, Chilonzor yo‘nalishining Sergeli qismidagi «Bekat-1», «Bekat-3» va «Bekat-5» stansiyalari nomlari ustida ayniqsa qizg‘in bahs-munozara kechdi.

«Do‘stlik-2»

Jamoatchilik so‘rovida «Chkalov» varianti eng ko‘p ovoz olgan. Shahar aholisi 2012 yilda nomi «Do‘stlik» deb o‘zgartirilgan yerosti stansiya nomini yangi, yer usti bekatiga qo‘yishni so‘ragan.

Ishchi guruh «Chkalov» varianti, shu yo‘nalishdagi «Bekat-2» stansiyasi uchun taklif qilingan «G‘alabaning 40 yilligi» nomi kabi, bekatga nom qilib qo‘yish uchun to‘g‘ri kelmaydi, degan fikrga keldi.

Ko‘pchilik aholi bekatni sobiq aviazavod sharafiga «Aviasozlar» deb nomlashni ham taklif qilgan. Shu atrofdagi mahalla ham shunday ataladi. Ishchi guruh takliflari orasida ham bu nom bor edi.

алексей хен, анvaр жабborов, geografik объектлар, гулноз gaппароva, yer usti metroси, yer usti ҳалқа metroси, metro, metro bekatлари, мухтор шамсиев, омонулла бўриев, тошкент metroполитеni

Anvar Jabborov metro stansiyalarining nomlari uning yaqinida joylashgan ko‘chalar, mavzelar va boshqa obyektlarnikiga o‘xshash bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Stansiya Elbek ko‘chasida joylashgan, yonida «Aviasozlar» mahallasi ham bor.

Muxtor Shamsiyev (markazda). Foto: Transport vazirligi matbuot xizmatiMuxtor Shamsiyev (markazda). Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati

Ishchi guruh Fanlar akademiyasining tarixchilari boshqa nomlarni ham taklif qilganini eslatib o‘tdi. Ular orasida Qorasuv degan variant ham bor edi.

«Gazeta.uz» muxbiri hozirda Qorasuv deganda Toshkent aholisi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mavzelarni tushunishini qayd etib o‘tdi.

Anvar Jabborov esa stansiya yaqinidan Qorasuv daryosi oqib o‘tishini aytib o‘tdi. Muxtor Shamsiyev esa shunday qo‘shimcha qildi: «Nafaqat daryo. Eski Qorasuv ko‘chasi ham avvallari aviazavoddan boshlanib, Muxtor Ashrafiy [ko‘chasi]ga qadar davom etgan».

Muhokama yakuniga ko‘ra, ishchi guruh quyidagi uchta variantni ma’qulladi: «Aviasozlar», «Elbek» va «Qorasuv».

«Bekat-8″

«Bekat-8″ stansiyasining nomi muhokama qilinmadi. Stansiyaga «Paralimpiya harakati» deb nom beriladi, chunki bu haqda prezidentning qarori qabul qilib bo‘lingan. Stansiya intereriga ham shu mavzuga mos ravishda bezak berib chiqilmoqda.

«Bekat-9»

Bir guruh olimlar yangi bekatlardan birortasini «Toshkent metropolitenining otasi» deb atalayotgan akademik Tursunboy Rashidov sharafiga nomlashni taklif qilgandi. Ishchi guruh bu taklifni «Bekat-9» stansiyasi bo‘yicha muhokama vaqtida ko‘rib chiqdi.

Ushbu variant qabul qilindi, shunga qaramay, stansiyalarni akademiklar sharafiga nomlamagan ma’qulligi ta’kidlandi: Yunusobod metrosidagi mustaqillik yillari ochilgan hamda olim va geolog Habib Abdullayev sharafiga nomlangan bekat 2015 yili mahalliy joy nomidan kelib chiqib «Shahriston»ga o‘zgartirilgan.

Sergeli yo‘lidagi «Bekat-1»

Ushbu stansiya nomi ustida haqiqiy bahs yuzaga keldi. Ba’zi onlayn xaritalarda bu joy «Choshtepa» deb ataladi. Tarixchi Omonulla Bo‘riyev uni yo «Chochtepa» deb atash kerakligini — arablar kelguniga qadar bu so‘z forschada shunday aytilgan — yoki arabchasiga «Shoshtepa» deb talaffuz qilish lozimligini ta’kidladi.

Toponimist Gulnoz Gapparova odamlar bu joyni «Choshtepa» deb atashga o‘rganib qolganini, shu bois ularni bu nomning bir necha yuz yillar avval to‘g‘ri deb hisoblangan variantini aytishga majburlash to‘g‘ri bo‘lmasligini aytib o‘tdi. Omonulla Bo‘riyev odamlar stansiya uchun qay biri mosligini o‘zlari tanlab olishi uchun har uchala variant — «Chochtepa», «Shoshtepa» va «Choshtepa»ni ovozga qo‘yishni taklif qildi.

Bunga javoban Otabek Erkaboyev: «Qanday qilib uchta bir xil nomni taklif qilamiz?», — deb savol qo‘ydi.

Stansiya uchun ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilgan nomlar orasida «Junariq» ham bor edi — stansiya yaqinidan shunday nomli kanal oqib o‘tadi. Ammo bu nom guruh tomonidan rad etildi.

Ishchi guruh butun uchrashuv davomida bir stansiya uchun taklif qilingan nom variantlari boshqa biror bekatda takrorlanmasligi uchun harakat qildi.

«Bekat-3»

Ushbu bekat nomi bo‘yicha muhokama ham uzoq davom etdi. Saytning aksariyat foydalanuvchilari ushbu stansiyani «Sergeli» deb atashni taklif qilgan.

Tarixchi Muxtor Shamsiyev «Sergeli» aslida «Sirg‘ali» so‘zining ruschalashgan varianti ekanini ta’kidladi. U jamoatchilik o‘rtasidagi so‘rovga aynan «Sirg‘ali» variantini qo‘yishni taklif qildi. Ishchi guruh a’zolari tuman «Sergeli» deb atalishini, bu nom Senat tomonidan ham tasdiqlanganini aytib, tarixchining taklifiga qarshi chiqdi.

алексей хен, анvaр жабborов, geografik объектлар, гулноз gaппароva, yer usti metroси, yer usti ҳалқа metroси, metro, metro bekatлари, мухтор шамсиев, омонулла бўриев, тошкент metroполитеni

Oxir-oqibat, tumanning rasmiy nomiga zid bo‘lib qolmasligi uchun «Sergeli»ga o‘xshash har qanday variantni ro‘yxatdan chiqarib tashlash taklif qilindi.

«Bekat-5»

Saytning aksariyat foydalanuvchilari bu bekatni, metroning ushbu yo‘lini loyihalashtirish vaqtidayoq ko‘zda tutilganidek, «Qipchoq» deb atashni taklif qilgan.

Ko‘rib chiqilgan variantlar orasida, shuningdek, o‘zbek shoirasi Zulfiya va «Yashil makon» variantlari ham bor edi.

Endi nima bo‘ladi?

алексей хен, анvaр жабborов, geografik объектлар, гулноз gaппароva, yer usti metroси, yer usti ҳалқа metroси, metro, metro bekatлари, мухтор шамсиев, омонулла бўриев, тошкент metroполитеni

Takliflar muhokama qilingach, ularni yana bir bor o‘rganib, hukumatga taqdim etishga qaror qilindi. Shundan so‘ng nom variantlari ovozga qo‘yiladi. Jamoatchilik so‘rovi kamida 15 kun davom etadi.

Ovoz berish yakuniga yetgach, Vazirlar Mahkamasi takliflarni yana bir bor ko‘rib chiqadi. Hukumat respublika komissiyasi va davlat ekspertizasining xulosalari asosida yakuniy qarorni qabul qiladi.

Toshkent hokimining axborot texnologiyalarini tatbiq etish bo‘yicha o‘rinbosari — Raqamli rivojlanish departamenti direktori Aleksey Xenning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, geografik obyektlarga aholi tomonidan nom taklif qilish va ovoz berish imkoniyatini internet orqali tashkil etish O‘zbekistonda ilk bor kuzatilmoqda. Jahon miqyosida ham bunday amaliyot ko‘p emas.

Uning ta’kidlashicha, sinov jarayonlari yakuniga yetgach, ushbu servisni O‘zbekistonning boshqa hududlariga ham tatbiq etish taklif qilinadi.