O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi 20 dekabr kuni bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda jurnalist, siyosiy sharhlovchi Xayrulla Nuritdinov «Menimcha» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida.

«Mamlakat taraqqiyotining eng muhim, ustuvor vazifalari e’lon qilinadigan yillik murojaatnoma seshanba kuni bo‘lishi kutilmoqda. O‘sha kuni bizni juda ko‘p yangilik kutmoqda, menimcha», — dedi jurnalist.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbarining oxirgi murojaatnomasi 2020 yilning 29 dekabrida o‘tkazilgandi. Unda davlat rahbari 2021 yil nomini ma’lum qilib, mamlakatni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar, ichki va tashqi siyosatga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilab bergandi.