«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik kompaniyasi respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talabalarga qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun 50% chegirma e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Chegirmalar 22 dekabrdan dan 10 yanvargacha amal qiladi. Ularni pasport va talabalik guvohnomasini olib borib temir yo‘l kassalaridan sotib olish yoki elektron tarzda railway.uz saytidan xarid qilish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
Aloqa markazi: 1005
Ishonch telefoni: +998 71 299 94 50
Telegram: @chiptarailwayuz

Avvalroq, Uzbekistan Airways ham talabalarga qishki ta’til munosabati 22 dekabrdan 10 yanvargacha chegirma taqdim etgandi. Buning uchun ulardan talabalik guvohnomasi, o‘qish joyidan ma’lumotnoma va pasport yoki ID-karta so‘raladi.