Meksikada o‘tkazilayotgan taekvondo bo‘yicha Jahon chempionatining +73 kg vazn toifasida bahs olib borgan Svetlana Osipova jahon chempioni bo‘ldi, deya xabar bermoqda Sporti rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

Final bellashuvida Svetlana Osipova isroillik Dana Arzanni 3 raundda (2:1) mag‘lubiyatga uchratdi. Bu bilan Osipova jahon chempionatlarida g‘alaba qozongan birinchi o‘zbekistonlik taekvondochi qiz bo‘ldi.

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Nikita Rafalovich (-87 kg) va Feruza Sodiqova (-62 kg) bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Vetnamda o‘tkazilgan taekvondo WT bo‘yicha kadetlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta medalga sazovor bo‘lgandi. Shuningdek, Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tkazilayotgan taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik taekvondochilar ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritgandi.