Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishini O‘zbekistondagi davlat ta’lim muassasalariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berildi.

Bu bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kabul kilish jarayonlarini muvofiklashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni qabul qilindi.

Avvalroq, seshanba kuni «Gazeta.uz» V.I.Vernadskiy nomidagi Qrim federal universitetining uchinchi kursida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik bir guruh talabalar ijtimoiy tarmoqlarda prezident Shavkat Mirziyoyevga videomurojaat yo‘llagani haqida yozgan edi.

1 noyabr kuni esa Davlat komissiyasining 7-son bayoni bilan Rossiya Federatsiyasining (Ukraina bilan chegaradosh) Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berilgandi.