O‘zgidromet markazi hafta davomida — 7 noyabrdan 11 noyabrgacha bo‘lgan davragi ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Dushanba kuni mamlakat hududi bo‘yicha atmosfera fronti o‘tishida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Havo harorati +8…+13 daraja iliq, shimolda +5…+7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Seshanba kuni sovuq havo massasi respublikaning barcha hududlariga asta-sekin kirib keladi, hududning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim tumanlarida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzigi harorat +5…+8 darja iliqni tashkil etadi, bu ushbu kunning o‘rtacha iqlim qiymatlaridan +8…+10 darajaga pastdir.

7−8 noyabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, kuchli yomg‘ir yog‘ishi hisobiga respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 9−11 noyabrda respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sovuq havo massalari kirib kelishi natijasida 9−11 noyabrda harorat kechalari 0…−2 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari asta-sekin isiydi. Haftaning oxiriga kelib harorat +10…+14 daraja iliq atrofida va me’yorga yaqin bo‘ladi.