2022 yil Afg‘onistondagi ko‘knori yetishtiruvchilar uchun so‘nggi vaqtlarda eng daromadli yil bo‘ldi: narxlarning oshishi ortidan ko‘knori yetishtirish qariyb uchdan bir qismga oshgan. Bu “Tolibon” mamlakat hokimiyatini egallab olganidan keyin kuchaygan gumanitar va iqtisodiy inqiroz sharoitida yuz berdi, deya xabar beradi BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi.

“Afg‘onistonda afyun ishlab chiqarish — so‘ngi ma’lumotlar va yangi tahdidlar” tashkilotning 2021 yil avgustida Tolibon hokimiyatga qaytganidan keyin noqonuniy “opiy” savdosi haqidagi birinchi hisobotidir.

Afyun nafaqat giyohvand moddalar sotuvchilari tomonidan tarqatiladigan geroinning asosiy tarkibiy qismi, balki butun dunyo bo‘ylab millionlab bemorlar og‘riq qoldiruvchi sifatida ularga tayanadigan retsept bo‘yicha “opiy” preparatlari sinfidir, deyiladi hisobotda. Shu bilan birga, bir qator mamlakatlarda, masalan, AQShda bunday dorilarni suiiste’mol qilish kuchaymoqda va “opiy"larga qaramlik muammosi keng tarqalgan.

Taqiqlash kerakmi yoki yo‘q?

2022 yil aprel oyida Afg‘oniston muvaqqat hukumati ko‘knori boshoqlari urug‘i va undan narkotik moddalar ishlab chiqariladigan barcha o‘simliklar yetishtirishni qat’iyan man qildi. Biroq, Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmada ko‘rsatilganidek, bu yilgi hosil ushbu farmonga bo‘ysunmagan.

Ammo Afg‘onistondagi fermerlar endi kelasi yil afyun ekish yoki yetishtirish borasida qiyin qarorga duch kelishmoqda: Tolibon taqiqni qanchalik jiddiy bajarishini talab qilishi hali noma’lum. 2023 yilning asosiy hosili uchun ekish ishlari joriy yilning noyabr oyi boshiga qadar yakunlanishi kerak.

“Afg‘onistonlik fermerlar noqonuniy ko‘knori iqtisodiyoti tuzog‘iga tushib qolgan va mamlakatda opiy musodarasining ko‘payishi giyohvand moddalar savdosi to‘xtovsiz davom etayotganidan dalolat beradi”, deya ta’kidladi BMTGMJB ijrochi direktori Gada Vali.

Tashkilot xulosalariga ko‘ra, Afg‘onistonda 2022 yilda ko‘knori yetishtiriladigan maydonlar o‘tgan yilga nisbatan 32% ga oshgan va 233 ming gektarni tashkil qilgan. Bu monitoring boshlanganidan beri uchinchi yirik ko‘rsatkichdir. Umumiy ekin maydonlarining 73%i respublikaning janubi-g‘arbiy viloyatlarida to‘plangan. Hosildorlikning eng katta o‘sishi ham o‘sha erda qayd etilgan. Shunday qilib, Hilmand viloyatida barcha ekin maydonlarining beshdan bir qismi ko‘knori yetishtirish uchun ajratilgan.

Daromad uch baravar ko‘paydi

Aprel oyida ko‘knori yetishtirish taqiqlangani e’lon qilinganidan boshlab “opiy” narxi keskin oshdi. Ayni paytda afg‘on fermerlarining ko‘knori sotishdan olgan daromadi uch barobardan ko‘proqqa oshib, 2021 yildagi 425 million dollardan 2022 yilda 1,4 milliard dollarga yetgan.

Bu ko‘rsatkich mamlakat qishloq xo‘jaligi olgan umumiy daromadning deyarli uchdan biriga teng. 2021 yilda ko‘knori sotish Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi daromadining atigi 9%ini tashkil etdi.

Biroq, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tahlilga ko‘ra, daromadlarning o‘sishi har doim ham odamlarning xarid qobiliyati yoki farovonligi oshishiga olib kelmagan: ushbu davrda inflyatsiya keskin oshdi, oziq-ovqat narxlari esa o‘rtacha 35% ga o‘sdi.

BMTTD hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022 yilda yig‘ib olingan ko‘knori hosilining 350−380 tonna eksportidan 50−70% sifatli tozalikdagi geroin ishlab chiqarish mumkin.

Narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish

BMTGMJB (UNODC) tomonidan Afg‘onistondan olib kelinib, musodara qilingan giyohvand moddalarni tashish bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, 2021 yil avgustidan buyon mamlakatda hukumat almashgandan buyon “opiy” savdosi to‘xtamagan. Afg‘on jo‘natmalari dunyodagi barcha opiydan foydalanuvchilarning qariyb 80%ini ta’minlaydi.

“Xalqaro hamjamiyat afg‘on xalqiga o‘zining asosiy ehtiyojlarini qondirishda yordam berishi va butun dunyo bo‘ylab odamlarga zarar yetkazuvchi geroin savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhlarni to‘xtatish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirishi kerak”, — dedi Gada Vali.