2022 yilning 1 noyabr kuni Qoraqalpog‘istondagi voqealarda ishtirok etgan yana 35 nafar ayblanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasi bag‘riga qaytarildi, deya xabar qildi Ombudsman matbuot xizmati.

Ular Qoraqalpog‘istondagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha tuzilgan parlament komissiyasi a’zolari taklifi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra Bosh prokuratura tomonidan ozodlikka chiqarildi.

Shunday qilib, komissiya tashabbusi bilan yaqinlari bag‘riga qaytarilgan ayblanuvchilar soni 107 nafarga yetdi. Avgust oyida 24 nafar, oktabrda esa 38 nafar ayblanuvchi oilasi bag‘riga qaytarilgan edi. Qancha ayblanuvchi tutqunlikda qolayotganiga aniqlik kiritilmagan.