Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev 10 oktabr kuni mamlakat parlamentining tegishli qo‘mitasi yig‘ilishida O‘zbekiston bilan chegara chizig‘i bo‘yicha kelishuv loyihasi, qo‘shni davlatga qancha yer berilgani va Qirg‘iziston nima olgani haqida ma’lumot berdi, deb xabar qildi 24.kg.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki yillik muzokaralardan so‘ng tomonlar «to‘xtamga kelgan va kelishuvga erishgan».

Hammasi bo‘lib Qirg‘izistonga 19 ming ga dan ziyod yer yer tegadigan bo‘ldi, Kampirobod (Andijon) suv ombori suvlari hududi — 4485 ga yer O‘zbekistonniki bo‘lib qoladi, biroq uni ikki davlat birgalikda boshqaradi.

Qamchibek Tashiyev, shuningdek, suv omboridagi suv sathining pasayishi tufayli 1200 gektar maydon bo‘shaganini eslatib, «Bu bizga o‘tmoqda», dedi u.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston quyidagi hududlarni oladi:

  • G‘avasoy — 12949 ga;
  • Kok-Serek — 105 gektar;
  • Bayaston — 212 ga;
  • Ungar-Too — 35 ga;
  • Oq-Tosh — 100 gektar;
  • Qora-Belek — 25 gektar;
  • O‘sh va Jalolobod viloyatlaridagi boshqa yer uchastkalari (Suzoq va O‘zgan viloyatlarida, taxminan har biri 1000 ga).

Sharixon kanalining boshi har bir tomoni uchun 19,5 gektarga bo‘lingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston bilan Kampir-Obod suv omborini boshqarish uchun 50/50 ulushga ega qo‘shma korxona tashkil etilishini aytgan edi.