Prezident farmoni bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin orden bilan taqdirladi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot kotibi.

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni «mamlakatlar xalqlari o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va hamkorlik rishtalarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun, qolaversa tavalludining (7 oktabr) 70 yillik yubileyi munosabati bilan mukofotlandi».

«Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari, mamlakatlar parlamentlari vakillari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan tashkilotlarning rahbarlari, vakillari va boshqalar taqdirlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlagandi.