Uzbekistan Airways «Qish-2022» jadvaliga o‘tish munosabati bilan mavsumiy aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qildi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bunda:

  • Urganch — Milan — Toshkent,
  • Urganch — Rim — Toshkent,
  • Toshkent — Parij — Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha mavsumiy aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatilmoqda.

Italiya va Fransiyaga parvozlar tasdiqlangan yozgi parvozlar jadvaliga ko‘ra oktabr oyi oxirigacha bo‘ladi.

  • Urganch — Rim — Toshkent haftada bir marta — seshanba kunlari (25 oktabrgacha);
  • Urganch — Milan — Toshkent haftada bir marta — juma kunlari (28 oktabrgacha);
  • Toshkent — Parij — Toshkent haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari (28 oktabrgacha).