Sentyabr oyida iste’mol bozoridagi narxlarning o‘rtacha darajasi 1,03% ga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bu oxirgi olti yil ichida sentabr oyi uchun eng past ko‘rsatkich (2016 yilgacha bo‘lgan ma’lumotlarni Davlat statistika qo‘mitasi saytida topishning imkoni bo‘lmadi). Xususan, 2021 yilning shu davrida narxlar — 1,09% ga, 2020 yilda — 1,4% ga, 2019 yilda — 1,3% ga, 2018 yilda — 1,8% ga, 2017 yilda — 1,3% ga va 2016 yilda — 1,4% ga oshgan.

2022 yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida iste’mol bozorida narxlarning o‘sish sur’ati 8,1% ga yetdi, o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati esa 0,9% ni tashkil etdi (2021 yilda — 0,6%, 2020 yilda — 0,7% bo‘lgan).


Yillik nisbatda iste’mol sektorida narxlarning o‘sish sur’ati 12,2% ni tashkil etdi. Avvalroq, Markaziy bank kelgusi oylar uchun narxlarning o‘sishiga ta’sir qiluvchi xatarlarning saqlanib qolayotganini qayd etgandi. Shuningdek, yil oxiriga qadar inflyatsiya bo‘yicha proznozlar o‘zgarishsiz qolmoqda. Eksport tushumlari va pul o‘tkazmalarining ortishi ichki valyuta bozorini muvozanatda ushlab turishi kutilmoqda.

Shuningdek, regulyator iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarni may oyida kuzatilgan yuqori darajasiga nisbatan pasayishiga qarmasdan, 14−15 foiz deya belgilagan.

MDH davlatlaridagi inflyatsiya darajasi. Manba: Davstatqo‘m

O‘tgan oyda narxlar va tariflar oshishi bo‘yicha yetakchilik oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘lib, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,4% ga (yil boshidan buyon — 10%, 12 oy davomida — 16,6% ga) oshdi. Nooziq-ovqat mahsulotlar ushbu davrda (7,9% va 10,9%ga), xizmatlar 0,4%ga (4,8% va 6,4% ga) qimmatlashdi.

Turli tarmoqlar kesimida yillik inflyatsiya.

Sentabr oyida sut 2,2% ga (12 oy davomida — 20,7%ga), tuxum — 2,1%ga (16,4%), guruch — 2,6%ga (17,7%), mol go‘shti 1,9%ga (6,5%ga) bug‘doy uni — 1,6% (48,4%), shakar — 1,2% (66,2%) qimmatlashdi.

Meva-sabzavot mahsulotlari narxlari darajasiga mavsumiy omil hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda, deya ma’lumot berdi Davlat statistika qo‘mitasi. Oy davomida narxlarning o‘sishi bo‘yicha yetakchi o‘rinni pomidor egalladi, bu narx 36%ga, baqlajon — 23,9%ga, bodring — 17,4%ga, bulg‘or qalampiri — 7,5%ga va boshqalar.

Oy davomida ijaraga beriladigan uy-joylar o‘rtacha 4,1% ga, yil boshidan buyon esa 8,6% ga qimmatlashdi.

To‘qqiz oyda kafelarda tayyor taomlar 3,1% ga (yil boshidan buyon — 15,4%), mehmonxona xizmatlari esa 12,2% ga qimmatlashgan.