26 sentabr kuni soat 16:40 atrofida Toshkentning Nukus ko‘chasida to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Ularning barchasi bir yo‘nalishda harakatlanayotgan bo‘lgan, deb xabar berdi IIBB YHXB matbuot xizmati.

Toyota yo‘ltanlamasi (haydovchi 1996 yilda tug‘ilgan), Nexia (1998), Spark (1986) va Labo mini-yuk mashinasi (2000) to‘qnashib ketgan. Hodisa natijasida Labo ag‘darilib ketgan.

Spark va Labo haydovchilari jarohatlangan. Voqea joyida tez yordam mashinalari ishlagan. Ko‘cha vaqtincha yopildi.

Xabarda holat sababi ko‘rsatilmagan. YHXB hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.