Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda ayolni poyezd bosib ketgani haqida xabar tarqaldi. Voqea yuzasidan Bosh prokuratura ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 2022 yil 26 sentabr kuni soat 06:00 da «Xo‘jadavlat-Buxoro-1» yo‘nalishidagi poyezd 43-RZD va Murgak temir yo‘l bekatlari oralig‘ida harakatlanib kelayotgan vaqtda Kogon shahrida yashagan 38 yoshli ayol o‘z joniga qasd qilish maqsadida poyezd tagiga o‘zini tashladi.

Oqibatda ayol olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etdi.

Hozirgi vaqtda yuqorida qayd qilingan holat yuzasidan Buxoro transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.