Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Ijevsk shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan prezident Vladimir Putinga ta’ziya yo‘lladi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

«Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tiladi», — deyiladi xabarda.

Avval xabar qilinganidek, 26 sentabr kuni ertalab kimligi hali aniqlanmagan erkak maktabga kirib, otishma uyushtirgan va keyin o‘z joniga qasd qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra,15 kishi, jumladan, 11 nafar bola va 4 nafar katta yoshli kishi halok bo‘lgan. 24 kishi, jumladan, 22 bola va 2 katta jarohatlangan.