22 sentabr — Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan Toshkentda «Velosiped kuni» tadbiri bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi shahar hokimligi matbuot xizmati.

Soat 7:00 dan 9:00 gacha bo‘lgan davrda Maxtumquli ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi bilan chorrahasidan («Tashselmash» chorrahasi) «Yangi O‘zbekiston» bog‘igacha bo‘lgan 11,5 kilometr uzunlikdagi qismi avtotransport harakati uchun yopiladi.

Aksiyada ishtirok etishni xohlovchilar O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatilgan mazkur chorrahada joylashgan Navro‘z maydoniga soat 6:30 ga qadar yetib kelishlari mumkin.

Avvalroq, 19−25 sentabr kunlari O‘zbekistonda navbatdagi Yevropa mobillik haftaligi o‘tkazilayotgani haqida yozgan edik.