1 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari o‘tgan oyga nisbatan 527,4 mln dollarga kamayib, 34,08 mlrd dollarni tashkil etdi. Bunga Markaziy bank ma’lumotlari guvohlik bermoqda. Zaxiralar ketma-ket ikkinchi oy pasayib, 2021 yil apreldan beri eng past darajaga yetdi.

Pasayish, asosan xorijiy valyutadagi zaxiralarning kamayishi (432,9 mln dollarga kamayib — 12,04 mlrd dollarni tashkil etdi) xisobiga yuz berdi.

Oltinning sof hajmi 0,3 mln troy unsiyaga (9,3 tonna) o‘sib, 12,3 mln troya unsiyaga (taxminan 382,6 tonna) o‘sdi va 2021 yilning sentabr oyidagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Shu bilan birga, oltin zaxiralariga qiymat jihatdan 76,7 mln dollar kamayib, 21 mlrd dollarni tashkil etmoqda.

Jahon birjalarida oltin kotirovkalari pasayishda davom etmoqda va AQSh Federal zaxira tizimi asosiy foiz stavkasi hajmi bo‘yicha qaror qabul qilishi arafasida 2020 yilning bahoridan beri eng past darajaga — 1 675,2 dollarga tushdi. FZTning navbatdagi yig‘ilishi 20−21 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Oltinning arzonlashuvi fonida O‘zbekiston shu yilning aprel oyidan boshlab qimmatbaho metall eksportini to‘xtatdi.

Mavjud zaxiralar 2021 yilda 25,5 milliard dollarga teng bo‘lgan mamlakatning yillik importdan ancha yuqori. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xalqaro tashkilotlarning tavsiyalariga ko‘ra, zaxiralar kamida uch oylik importni qoplashi kerak.