Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitda olti davlat, jumladan, to‘rt arab davlati Shanxay hamkorlik tashkilotidagi muloqot bo‘yicha hamkor maqomini oladi. Bu haqda SHHTning O‘zbekistondagi milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Samarqand sammitining yutug‘i «SHHT hamkor davlatlari sonini kengaytirishda» bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Samarqanddagi sammitda Misr, Qatar va Saudiya Arabistoni bilan SHHTda muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish to‘g‘risidagi memorandumlar imzolanishi kutilayotganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Bahrayn va Maldiv orollariga hamkor maqomini berish uchun arizalarni tasdiqlash kutilmoqda. Oltinchi davlat haqida hozircha ma’lumot yo‘q.