O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov dushanba kungi an’naviy brifingda Shavkat Mirziyoyevning shu haftadagi ish rejasidan o‘rin olgan tadbirlar haqida axborot berdi, deya ma’lum qildi «Gazeta.uz» muxbiri.

Prezident Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti ishtirokchilari va ittifoq bosh kotibi Martin Chungongni qabul qiladi.

Bundan tashqari, Samarqandda o‘tadigan oliy darajadagi SHHT sammitiga tayyorgarlik yuzasidan bir nechta taqdimotlar bilan tanishadi.

Qolaversa, prezident hafta davomida mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bag‘ishlangan bir qator muhokamalarni ham o‘tkazishi rejalashtirilgan.