Samarqand viloyatidagi «Ingichka» konining texnogen chiqindilarini qayta ishlash hisobiga volfram konsentratini ajratib olishga muvaffaq bo‘lindi, deya xabar берадиОKMK Axborot xizmati.

Xabar berilishicha, konning texnogen chiqindilarini qayta ishlash evaziga yiliga 100 tonna volfram olinadi. Ushbu loyiha 150 ta yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini berdi.

Volfram — nodir metallar sirasiga kiradi va qattiq qotishmalar uchun asos hisoblanadi. Volframdan po‘latlarni legirlashda, yeyilishga chidamli va issiqbardosh qattiq qotishmalar olishda foydalaniladi. Shuningdek, aviatsiya, kosmonavtika va elektrotexnikada keng qo‘llaniladi. Zichligi yuqori bo‘lganligi uchun undan zirhlar ham tayyorlanadi. Hozirgi kunda jahon bozorida 1 kg volframning narxi — 40 dollar.

Ma’lumot uchun, «Ingichka» Samarqandning Kattaqo‘rg‘on shahridan janubiy sharqsa Zirabuloq tog‘larida joylashgan kon. «Ingichka» joriy yilda «Olmaliq KMK» AJ tasarrufiga o‘tkazilgan.