Andijon mashinasozlik instituti moddiy-texnik ta’minot fakulteti 2-bosqich talabasi o‘z joniga qasd qildi, deb xabar berdi «Gazeta.uz»ga O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 5 avgust kuni 23 yoshli D.K.(1999 yil) universitet yotoqxonasiga kelib, shu yerda tunab qolgan va ertasi kuni soat 9:30 larda hojatxona eshigidagi kabelga osilgan holda topilgan.

O‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy va sud-biologik ekspertiza tayinlangan.

Andijon prokuraturasi o‘z joniga qasd qilish sabablarini o‘rganib, tergovga qadar tekshiruvni davom ettirmoqda.