4 avgust kuni Samarqand viloyatida «Damas» avtomobili va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Sevimli telekanalining Zamin dasturida ma’lum qilindi.

Voqea taxminan soat 4:45 lar atrofida «Samarqand — G‘uzor» A-378 avtoyo‘lining 55 kilometrida sodir bo‘lgan. «Damas» haydovchisi charchaganligi bois boshqaruv vaqtida uxlab qolgan. Buning oqibatida esa avtomobil oldinda ketayotgan tirkamali «KamAZ» mashinasiga borib urilgan.

Yengil avtomobilning old o‘rindiqlarida o‘tirgan haydovchi va yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Ikki yo‘lovchi esa jarohat olgan, ular shifoxonaga yetkazilgan.