O‘zbekiston Markaziy banki Boshqaruvining payshanba kungi yig‘ilishida asosiy stavka 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foizga tushirish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Markaziy bank 9 iyun kuni asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 16 foiz darajasida belgilagandi. Mart oyida asosiy stavka 3 bandga — 14 foizdan 17 foizgacha ko‘tarilgandi.

Tafsilotlar keyinroq e’lon qilinadi.