Hukumatning 22 apreldagi [207-sonli] qarori bilan Sherzod Kudbiyev Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut rektori bo‘ldi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

U 2020 yil may oyi o‘rtalaridan beri Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Ma’lumot uchun, Sherzod Kudbiyev (1981 y. t.) Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan (mutaxassisligi — moliya va kredit). Vazir bo‘lishiga qadar Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

2015−2016 yillarda Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.