Dilshod Kenjayev boshqa ishga o‘tishi o‘tishi munosabati bilan prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident Administratsiyasiga yaqin bo‘lgan Nigoh Telegram-kanali xabar qildi.

U mazkur lavozimga 2021 yilda tayinlangandi. Unga qadar esa Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Uning o‘rnini Nodirjon Xalbutayev egalladi. U bungacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.