Nukus shahrida yashovchi fuqaro N.Yu.ning 2021 yil 14 fevral kuni qiz jinsli chaqaloqni dunyoga keltirdi. Uning ertasiga soat 09:15 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy perinatal markazi shifokorlari tomonidan ushbu chaqaloq o‘lganligi qayd etilgan va soat 10.15 da patologiya byurosi xodimlariga berib yuborgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Patologo-anatomik chaqaloqning ko‘krak qafasida anotomik kesma kesgan vaqtida chaqaloqda hayotiy belgilar aniqlangan. Biroq, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmasdan, Qoraqalpog‘iston perinatal markazi shifokorlari chaqirilib, chaqaloq qaytarib berib yuborilgan.

Natijada, chaqaloq o‘z vaqtida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmaganligi oqibatida vafot etgan.

Ushbu holati yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan 2021 yil 6 mart kuni Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik ehtiyotsizlik orqasida odam o‘lishiga sabab bo‘lsa/ 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Komissiyaviy sud-tibbiyot ekspertizasining 2021 yil 26 oktabrdagi xulosasida fuqaro N.Yu.ning chaqalog‘i o‘limiga amaldagi standartlarga muvofiq reanimatsion yordam-o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi, surfaktant va lozim darajada qarov o‘tkazilmaganligi, patologo-anatomik tadqiqot maqsadida tirik chaqaloqda o‘tkazilgan anotomik kesma-jaroxat sabab bo‘lganligi, standartlarga muvofiq davo muolajalari o‘tkazilgan takdirda chaqaloq hayotini saqlab qolish imkoni bulganligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Yuqoridagi xolat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy perinatal markazi chaqaloqlarning reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan A.D., markaz neonatolog shifokori bo‘lib ishlagan S.R. va patologiya-anatomiya byurosi patologiya-anatom shifokori K.G.lar ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilingan.

2021 yilning dekabrida jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari tamomlanib, ayblanuvchilarga e’lon qilingan va shu kuni jinoyat ishi hujjatlari ayblanuvchilarga tanishib chiqish uchun taqdim etilgan va jinoyat ishlar bo‘yicha Nukus shahar sudiga mazmunan ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

Hozirgi vaqtda jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.