Mirobod tumani IIO FMB ma’lumotlariga ko‘ra, 40 yoshli Jahongir N. 37 yoshli Bobur A.ga birga biznes tashkil etishni, loyihaga sarmoya kiritishni, ya’ni Toshkentdagi G‘afur G‘ulom istirohat bog‘i hududiga yangi attratsionlar sotib olib, o‘rnatishni taklif qilgan.

Bobur A. shu maqsadda Jahongir N.ga 60 ming dollar bergan. Biroq Jahongir N. pulni olgach, va’dasini bajarmay, pulni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan, deyiladi huquqni muhofaza qilish organi xabarida.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

IIBB fuqarolardan ushbu shaxsning qilmishidan jabrlangan bo‘lsa, quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishni so‘radi: 102, +99899 862−02−00, +99898 121−35−30.