Samarqand viloyatida 250 ming AQSh dollariga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi. Tezkor tadbir DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, Nurobod tumanida yashovchi MCHJ rahbari Q. Z. (1994 yilda tug‘ilgan) jamiyat tasarrufidagi 10 gektar lalmi yer maydonini 250 ming dollar evaziga mahalliy fuqaroga sotishga kelishib, so‘ralgan pulning 100 ming dollarini olayotgan vaqtida ushlandi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zgatilib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahri, Ishtixon va Paxtachi tumanlarida ham yer maydonlarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga olingani haqida xabar qilingan edi.