19 mart kuni soat 21:00 dan 20 mart kuni soat 06:00 ga qadar Alisher Navoiy shoh va Labzak ko‘chalarining ayrim qismlari yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi tufayli:

  • Alisher Navoiy shoh ko‘chasi Abay ko‘chasi chorrahasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasi chorrahasigacha;
  • Labzak ko‘chasi Alisher Navoiy shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan hudud vaqtincha yopiladi.

Hokimlik ushbu vaqt oralig‘ida tirbandliklarni oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan fodalanishni tavsiya qildi.