1 mart holatiga O‘zbekistonda 95 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu avvalgi kun bilan deyarli bir xil — 96.

Bundan tashqari, 11 ta pnevmoniya holati (bir kun avval — 12 ta) qayd etildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

2020 yilning mart oyida pandemiya boshlanganidan buyon rasman qayd etilgan COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 236,5 ming nafarni tashkil etdi.

Foto: SSV.

Seshanba kuni odatdagidek kovid yuqtirib olganlarning ko‘proq qismi Toshkent shahrida aniqlangan — 57 nafar. Toshkent viloyatida 13 ta holat qayd etilgan.

Kun davomida 1 kishi virus asoratlari oqibatida vafot etdi. Rasmiy ro‘yxatga olingan o‘limlarning umumiy soni 1637 nafarni tashkil etadi.