O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 fevral kuni avtomobillar importi uchun bojxona bojlari stavkalarini pasaytirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. «Gazeta.uz» o‘zgartishlar import qilinayotgan yengil avtomobillar narxiga qanday ta’sir ko‘rsatishini hisoblab chiqdi.

Bojxona to‘lovlari stavkalari ikki bosqichda pasaytiriladi. 2023 yilning 1 yanvargacha ular ikki yoki undan ortiq martaga kamayadi. Nafaqat to‘lovlar, balki dvigatel hajmi uchun belgilangan qo‘shimcha koeffitsiyentlar ham kamayadi. 2023 yil 1 yanvardan stavka 15% darajasida qoladi, biroq qo‘shimcha koeffitsiyent yana kamayadi. bojlar фақатгинаO‘zbekiston chegarasidan olib o‘tish vaqtida ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan yangi avtomobillargaтааллуқли bo‘ladi (bungacha- 3 yildan oshmagan).

Misollar: import qilinadigan avtomobillar narxi qanday o‘zgaradi

Dvigatelining hajmi 1000 kub sm gacha, narxi 6000 dollar bo‘lgan import avtomobili hozirgi bojxona boji va yig‘imlari (30+1,8 doll./ kub sm + 15% QQS +BHMning 30 baravari) tizimi sharoitida importchining ustamasisiz 11790 dollarga tushadi. Boshqacha aytganda, import yengil avtomobilini olib kirish uchun uning qiymatidan 96,5 foiz (5790 dollar) qo‘shimcha to‘lashga to‘g‘ri kelar edi.

Bojxona boji pasaytirilishi bilan qo‘shimcha to‘lov 3605 dollar (avto qiymatining 60 foizi), 2023 yil 1 yanvardan boshlab esa — 3145 dollargacha (52,4%) kamayadi.

Import avtomobillarining o‘rtacha narxlari esa (quyida keltirilgan jadvaldagi taxminiy raqamlarga asoslanib) 18 foizga, 2023 yildan — 21 foizga pasayishi kerak.

Shu bilan birga, eslatib o‘tish joizki, Bojxona ittifoqi doirasida ishlab chiqarilgan ST-1 muvofiqlik sertifikatiga ega avtomobillar (Rossiya, Qozog‘iston va boshqa MDH davlatlari) hamda elektromobillar narxiga tariflarning o‘zgarishi ta’sir qilmaydi, chunki bu toifadagi yengil avtomobillarga nol qiymatdagi boj qo‘llaniladi. Misol uchun, Rossiyadan «Lada» avtomobillarini import qiluvchilar boj to‘lamaydi.

«Gazeta.uz» hisob-kitoblarining to‘g‘rilishini Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati tasdiqladi.

Taqqoslash jadvali (stavkalar)

«Inomarka» narxiDvigatel
hajmi
(eng yuqori hajm hisobga olinmoqda)
Stavka (30%+qo‘sh. koeffitsiyentlar)
QQSUtilizatsiya yig‘imi
Yig‘imlardan keyingi narx

2022 yil 21 fevralga qadar
6000
1000 kub. sm gacha
3600
1440
750
11790
8000
1000 dan 1500 kub. sm gacha
5400
2010
3000
18410
12000
1500 dan 1800 kub. sm gacha
8100
3015
300026115
16000
1800 dan 3000 kub. sm gacha
12300
4245
4500
37045
«Inomarka» narxiDvigatel hajmiStavka (15%+qo‘sh. koeffitsiyentlar)
QQSUtilizatsiya yig‘imi
Yig‘imlardan keyingi narx

2022 yil 21 fevraldan 2023 yil 1 yanvargacha
6000
1000 kub. sm gacha
1700
1155
750
9605
8000
1000 dan 1500 kub. sm gacha
2700
1605
3000
15305
12000
1500 dan 1800 kub. sm gacha
3960
2394
3000
21354
16000
1800 dan 3000 kub. sm gacha
6150
3322,5
4500
29972,5






«Inomarka» narxi
Dvigatel hajmi
Stavka (15%+qo‘sh. koeffitsiyentlar)
QQS
Utilizatsiya yig‘imi
Yig‘imlardan keyingi narxi

2023 yil 1 yanvardan
6000
1000 kub. sm gacha
1300
1095
750
9145
8000
1000 dan 1500 kub. sm gacha
2100
1515
3000
14615
12000
1500 dan 1800 kub. sm gacha
3240
2286
3000
20526
16000
1800 dan 3000 kub. sm gacha
5400
3210
4500
29110