Farg‘ona vodiysidagi AGTKSHlar 18 fevral soat 14:00 dan 19 fevral soat 06:00 gacha faoliyatini to‘xtatadi, deya xabar berdi «O‘ztransgaz».

«Respublikada bir necha kun davomida kuzatilgan sovuq ob-havo sharoitida aholi, iste’molchilar va ijtimoiy soha obektlari, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarni uzluksiz va barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlash birlamchi vazifa sanaladi», — deyilgan kompaniya xabarida.

Qayd etilishicha, viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida cheklovlar joriy etilmoqda. Vaqtinchalik cheklov choralari havo harorati biroz ko‘tarilgunga qadar davom etadi hamda AGTKSHlar tez orada avvalgi tartibda ishlash rejimiga o‘tadi.