Prezident farmoni bilan 2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash vaqtidagi qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar va dam olish kunlari ko‘chirilgan edi. Unga ko‘ra, mart oyida 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun besh kun ketma-ket dam olish kunlari bo‘ladi.

Farmonga muvofiq, barcha xodimlar uchun 22 mart — seshanba, 23 mart — chorshanba kuni dam olish etib belgilangan.

Shunga ko‘ra, haftasiga besh kun ishlaydigan xodimlar uchun:

  • 19 mart (shanba) — dam olish kuni;
  • 20 mart (yakshanba) — dam olish kuni;
  • 21 mart (dushanba) — dam olish kuni;
  • 22 mart (seshanba) — qo‘shimcha ishlanmaydigan kun;
  • 23 mart (chorshanba) — qo‘shimcha ishlanmaydigan kun bo‘ladi.

Shu bilan birga, barcha xodimlar uchun: 11 iyul — dushanba, 2 sentabr — juma, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun esa 4 yanvar — seshanba, 4 may — chorshanba, 5 may — payshanba, 12 iyul — seshanba, 3 sentabr — shanba va 31 dekabr — shanba dam olish kuni etib belgilangan edi.

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari qo‘yidagicha ko‘chirilgan:

  • 7 may — shanba 4 may — chorshanba kuniga;
  • 14 may — shanba 5 may — payshanba kuniga;
  • 16 iyul — shanba 12 iyul — seshanba kuniga.