Komiljon To‘xtayevning Pekin Olimpiadasidagi ishtiroki yakunlandi. 16 fevral kuni u tog‘ chang‘isi sport turining slalom yo‘nalishida ishtirok etdi. Unda Komiljon 1:02.14 natijani qayd etdi.

Dastlab, uning natijasi 42-o‘rinda qayd etilgan edi. Biroq natija ko‘rib chiqilib, dasturdagi texnik xato sababli hakamlar tomonidan hisobga olinmadi.

Qoidalarga ko‘ra, sportchilar trassa bo‘ylab harakat davomida har bir darvozani bosib o‘tishlari lozim. Komiljon To‘xtayev esa marra chizig‘iga yaqin joylashgan darvozadan o‘tishda xatoga yo‘l qo‘ydi va buning natijasida diskvalifikatsiya qilindi. Shu tariqa u Pekin-2022 dagi ishtirokini erta yakunladi.

Komiljon To‘xtayev 13 fevral kuni Tog‘ chang‘isi sportining gigant slalom yo‘nalishida 29-o‘rinni egallab, o‘zining shaxsiy rekordini yangilagan edi.

Shu bilan qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroklari ham yakunlandi.