Xalilov Umarbek Yaxshimurodovich O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu tayinlovga qadar u Navoiy viloyati Nurota tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan edi. Undan oldingi yillarda prezident davlat maslahatchisi xizmatida bosh inspektor vazifasida faoliyat yuritgan.