«ekoqo‘mita» tegli maqolalar


Germaniya MOda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha loyihani amalga oshirishga 10 mln yevro ajratadi
12 avgust 2022, 10:29

Germaniya MOda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha loyihani amalga oshirishga 10 mln yevro ajratadi

Germaniya va O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi sohasidagi mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Loyihaning umumiy qiymati 10 mln yevro bo‘lib, 2022−2026-yillarda Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

«Yashil makon» harakati doirasida talablarni bajarmagan 109 nafar mansabdor jarimaga tortildi
27 iyun 2022, 16:38

«Yashil makon» harakati doirasida talablarni bajarmagan 109 nafar mansabdor jarimaga tortildi

«Yashil makon» harakati doirasida kuz va bahor mavsumida jami 213 mln tup daraxt va buta ekildi, deb ma’lum qildi Ekologiya qo‘mitasi. Mazkur daraxtlarni parvarishlashga mas’ul bo‘lgan 109 nafar mansabdor talablarni bajarmagani bois jami 311 mln so‘m miqdorda jarimaga tortildi.

Umarbek Xalilov Davlat ekologiya qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi
28 yanvar 2022, 16:57

Umarbek Xalilov Davlat ekologiya qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

Nurota tumani hokimi Umarbek Xalilov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Narzullo Oblomurodov Ekoqo‘mita raisligiga ma’qullandi
30 dekabr 2021, 17:31

Narzullo Oblomurodov Ekoqo‘mita raisligiga ma’qullandi

Ekopartiya raisi Narzullo Oblomurodovning nomzodi quyi palata deputatlari tomonidan Ekoqo‘mita raisi lavozimiga ma’qullandi. Qo‘mitaning oldingi rahbari prezident tanqididan so‘ng ishdan olingandi.

Yakkasaroyda 81 tup noqonuniy kesilgan daraxt uchun to‘langan jarima Ekoqo‘mitaga o‘tkazib berildi
28 dekabr 2021, 13:28

Yakkasaroyda 81 tup noqonuniy kesilgan daraxt uchun to‘langan jarima Ekoqo‘mitaga o‘tkazib berildi

Yakkasaroy tumanida 81 tup daraxt kesilgani uchun quruvchidan 1 mlrd 890 mln so‘m undirilgan edi. Deputat Rasul Kusherbayev departament bu pullarni Ekoqo‘mitaga o‘tkazmayotgani haqida post qoldirib, biroz vaqtdan so‘ng uni o‘chirib tashlagandi. 28 dekabr kuni Toshkent shahar ekologiya va atrof — muhitni muhofaza qilish boshqarmasi jarima puli Ekoqo‘mitaga o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Ekoqo‘mita raisi vazifasidan ozod etildi
24 avgust 2021, 16:30

Ekoqo‘mita raisi vazifasidan ozod etildi

«Sohadagi tizimli muammolar hal qilinmagani va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar» uchun Ekologiya qo‘mitasi raisi Alisher Maqsudov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vazifalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting