Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 yanvar kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bir qator loyihalar bilan tanishdi. Ular orasida Zarqaynar ko‘chasini ta’mirlash loyihasi ham bor, deb xabar berdi «O‘zbekiston 24» telekanali.

Loyihada poytaxtning Eski shahar hududidagi Zarqaynar ko‘chasini ta’mirlash va «Eski shahar ruhini saqlab qolgan holda» turistik markaz tashkil etish ko‘zda tutilgan.

2020 yilning mart oyida prezidentga Toshkentning Eski shahar qismini tarixiy sharoitda turizm va savdo hududiga aylantirish loyihasi taqdim etilgan edi.

2021 yil fevralida davlat rahbari Eski shaharda «Icheri Sheher» (Ozarbayjon), «Mtsxeta» (Gruziya) va «Eskishehir» (Turkiya) eski turar-joylariga o‘xshash savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarini qurish loyihasi bilan tanishgandi.


Loyiha tashabbuskori sifatida Mimar Group chiqqan. Loyihani «Asakabank»ning kredit mablag‘lari hisobidan ham moliyalashtirish rejalashtirilgan edi. Loyiha qiymati 58,5 million dollarga baholangan. Qurilish 10 gektar maydonni egallashi nazarda tutilgandi.





Foto: «O‘zbekiston 24».

2019 yilning avgust oyida me’moriy merosni saqlash bo‘yicha mutaxassis, Germaniya ICOMOS milliy qo‘mitasi a’zosi Yens Yordan Toshkentning tarixiy qismidagi yodgorliklarning buzilishi o‘zbek xalqining turmush tarzi va madaniyatiga oid qimmatli dalillarni yo‘q qiladi deb yozgandi.

1980 yillarning o‘rtalaridan boshlab ushbu hududda ro‘yxatga olingan turar-joy binolari yoki muhim binolar soni 818 tadan 1 ta uygacha qisqargan.