17 yanvar, dushanba kuni O‘zbekistonda 935 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar berdi SSV.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlarning umumiy soni 207057 nafarni tashkil etmoqda.

Yakshanba kuni kunlik kasallanishlar holati antirekordni qayd etib, 1037 taga yetgandi.

Yangi kasallanish holatlari bo‘yicha Toshkent shahri hamon yetakchilik qilmoqda — 466 ta. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (134 ta), Samarqand (57 ta), Namangan (39 ta), Xorazm (33 ta) viloyatlari turibdi.


Kasallikdan sog‘ayganlar soni esa 199872 nafarga (+679) yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1522 nafarni tashkil qildi.