Qozog‘iston prezidenti topshirig‘iga ko‘ra tuzilgan hukumat komissiyasi suyultirilgan gaz narxining 120 tengega (deyarli 3 ming so‘m) ko‘tarilishiga qarshi Aqtau shahridagi «Ыntыmak» maydonida norozilik namoyishi o‘tkazgan faollar bilan uchrashdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz.

Yig‘ilishda «Kazmunagaz» milliy kompaniyasining ijtimoiy mas’uliyati doirasida Aqtau tashabbus guruhi bilan suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida litriga 50 tengedan narx belgilash bo‘yicha muzokaralar chog‘ida qaror qabul qilindi.

Bundan tashqari, faollarga maydonda bo‘lganlar javobgarlikka tortilmasligiga kafolat berildi.

Tomonlar, shuningdek, barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib oldilar.

Avvalroq Qozog‘istonning Mangistau viloyatida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi oshishiga qarshi norozilik aksiyalarida ishtirok etgani xabar qilingan edi. Prezident Qasim-Jomart Toqayev muammoga «o‘zaro maqbul yechim» topish maqsadida Aqtauda hukumat komissiyasi ishboshlaganini ma’lum qildi.