Bugun kunduz kuni respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga kelib, havo +5…+10 daraja iliqgacha isiydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Dam olish kunlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, sovuq antitsiklon sharqiy tomonga qarab siljiydi, havo harorati ko‘tariladi.

Ertaga kechasi −1…−6 daraja sovuq, kunduz kuni +8…+13 daraja iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni havo yanada isiydi, kechasi harorat -2 daraja sovuq, +3 daraja iliqgacha, kunduz kuni +14…+17 daraja iliqgacha ko‘tariladi.